Hujumlar davomida bir nechta yangiliklar saytlariga buzib kirilib, turli xabarlar joylashtirilgan. Shuningdek, 5 milliondan ortiq yuklab olingan BadeSaba diniy taqvim ilovasi ham hakerlar tomonidan egallab olingan. Ilovada “Hisob-kitob vaqti keldi” degan yozuv hamda qurolli kuchlarni qurolni tashlab, xalq tomoniga o‘tishga chaqiruvchi murojaat joylashtirilgan.
Kentik kompaniyasining internet tahlili bo‘yicha direktori Dug Madori X ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qilishicha, Eron hududida internet aloqasi 28-fevral GMT vaqti bilan 07:06 da keskin pasaygan, so‘ng 11:47 da yana uzilish kuzatilgan. Natijada faqat minimal internet aloqasi saqlanib qolgan.
Kiberxavfsizlik tadqiqotchisi va DarkCell kompaniyasi asoschisi Hamid Kashfi ta’kidlashicha, BadeSaba’ga qilingan hujum strategik jihatdan puxta o‘ylangan qadam bo‘lgan. Chunki ushbu ilovadan asosan hukumat tarafdorlari va dindor foydalanuvchilar foydalanadi.
Kiberoperatsiyalar Eronning bir qator davlat xizmatlari va harbiy obyektlariga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa Eronning muvofiqlashtirilgan javob choralarini cheklash maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Barchaga tinchlik tilaymiz. Urushlar imkon qadar tezroq yakun topishini istaymiz

