
Google Chrome’da aniqlangan yangi “Zero-Day” zaifliklar: foydalanuvchilarga zudlik bilan yangilanish o‘rnatish tavsiya etiladi
Google kompaniyasi o‘zining mashhur brauzeri — Google Chrome uchun favqulodda xavfsizlik yangilanishini e’lon qildi. Sababi — brauzerda aniqlangan ikki muhim zero-day zaiflik allaqachon real kiberhujumlarda faol qo‘llanilayotgani tasdiqlangan. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu zaifliklar yordamida hujumchilar foydalanuvchi tizimida zararli kodni ishga tushirishi, brauzer xavfsizlik mexanizmlarini chetlab o‘tishi hamda qurilma ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin.


