Dunyoning eng yirik professional tarmog‘i hisoblangan LinkedIn yana jiddiy mojaroga sabab bo‘ldi. Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, platforma foydalanuvchilardan yashirin tarzda ma’lumot yig‘ayotgan bo‘lishi mumkin.
Yevropadagi Fairlinked e.V. tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan “BrowserGate” tekshiruvi LinkedIn’da yashirin JavaScript kod ishlayotganini aniqladi. Bu kod foydalanuvchi sahifani ochgan zahoti brauzerda o‘rnatilgan extension’larni tekshirishni boshlaydi — hech qanday ogohlantirishsiz, roziliksiz va hatto maxfiylik siyosatida ham ko‘rsatilmagan holda.
Jarayon juda tez va ko‘rinmas tarzda amalga oshadi. Maxsus skript minglab extension identifikatorlarini tekshiradi: agar brauzerda shu extension mavjud bo‘lsa — u aniqlanadi, aks holda e’tiborsiz qoldiriladi. Bularning barchasi millisekundlarda bajariladi va foydalanuvchi buni umuman sezmaydi.
Eng qiziq tomoni — bu tizim faqat Chromium asosidagi brauzerlarda ishlaydi. Ya’ni Chrome, Edge, Brave, Opera va Arc foydalanuvchilari ushbu kuzatuvga duch keladi, Firefox va Safari esa hozircha bundan mustasno.
Tadqiqotchilar aniqlashicha, LinkedIn skriptida 6000 dan ortiq extension’lar ro‘yxati mavjud.

Bu oddiy texnik tekshiruv emas.
👉 har bir aniqlangan extension real foydalanuvchi bilan bog‘lanadi
👉 LinkedIn esa bu foydalanuvchining ish joyi, lavozimi va profili haqida allaqachon biladi
Natijada esa kompaniyalar darajasida ham juda aniq “raqamli portret” hosil bo‘ladi.
Yig‘ilayotgan ma’lumotlar esa oddiy emas.
Tadqiqotda quyidagi xavfli toifalar aniqlangan:
— ish qidirish vositalari (Indeed, Glassdoor kabi)
— diniy qarashlarni ko‘rsatadigan extension’lar
— siyosiy yo‘nalishni aniqlovchi vositalar
— sog‘liq va nevrologik holat bilan bog‘liq dasturlar
— raqobatchi kompaniyalar xizmatlari
Bu esa shuni anglatadi:
👉 siz ish qidirayotganingizni ish beruvchingiz bilishi mumkin
👉 shaxsiy qarashlaringiz bilvosita aniqlanishi mumkin
Tadqiqotchilar bu holatni juda keskin baholadi:
👉 “Bu oddiy tracking emas, bu keng ko‘lamli yashirin ma’lumot yig‘ish tizimi”
Masala yanada jiddiylashadi, chunki bu ma’lumotlar faqat LinkedIn bilan cheklanmaydi.
Tekshiruv davomida yana bir nechta yashirin elementlar aniqlangan:
— uchinchi tomon tracking skriptlari
— ko‘rinmas (0 pixel) elementlar orqali cookie o‘rnatish
— tashqi serverlarga shifrlangan ma’lumot uzatish
Bularning hech biri foydalanuvchiga ochiq aytilmagan.
'' Yana bir e’tiborli jihat — LinkedIn bu ma’lumotlardan faqat analytics uchun emas, balki raqobat uchun ham foydalanayotgan bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, platforma uchinchi tomon servislaridan foydalangan foydalanuvchilarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rishda aynan shu yashirin yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalangan.
Eng hayratlanarlisi — bu tizim yangi emas.
Mutaxassislar bu amaliyot kamida 2017-yildan beri mavjud ekanini aytmoqda. O‘sha paytda atigi 30-40 ta extension tekshirilgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib bu son 6000+ ga yetgan."
Yevropa qonunchiligiga ko‘ra, bunday ma’lumotlar “maxsus toifa” hisoblanadi va ularni foydalanuvchi roziligisiz yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
Shu sababli hozirda:
— Yevropa regulyatorlari xabardor qilingan
— huquqiy jarayonlar boshlanish arafasida
— bu holat katta jarimaga olib kelishi mumkin
Hozircha esa millionlab foydalanuvchilar har kuni bu yashirin tekshiruvga duch kelmoqda.
Agar siz xavfsizlik haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, mutaxassislar quyidagilarni tavsiya qiladi:
— LinkedIn’ni Firefox yoki Safari orqali ochish
— alohida (extension’siz) profil ishlatish
— brauzerda fingerprint himoyasini yoqish
Bu voqea yana bir narsani ko‘rsatdi:
👉 bepul servislar ortida ba’zida juda katta “ko‘rinmas narx” yashirinadi





