Kiberxavfsizlik sohasida “pentest-ai-agents” nomli yangi open-source loyiha paydo bo‘ldi va u penetration testing jarayonini butunlay yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu toolkit xavfsizlik tadqiqotchisi 0xSteph tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Claude Code” platformasini 28 ta ixtisoslashgan AI agent yordamida to‘liq offensive security assistant’ga aylantiradi. Har bir agent alohida yo‘nalishga ega bo‘lib, reconnaissance, web testing, Active Directory hujumlari, cloud va mobile xavfsizlik, hatto malware tahlil va hisobot tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Eng muhim jihati shundaki, tizim oddiy bitta AI modelga tayanmaydi — u foydalanuvchi so‘rovini avtomatik tarzda eng mos mutaxassis agentga yo‘naltiradi va shu orqali aniqlik hamda samaradorlikni oshiradi.
"Bu yondashuv pentest jarayonini nafaqat tezlashtiradi, balki uni professional darajada standartlashtiradi."
Toolkit’ning o‘rnatilishi juda sodda va minimal harakat talab qiladi. Hech qanday server sozlamalari yoki murakkab konfiguratsiya kerak emas. Faqat bitta buyruq orqali barcha 28 agent tizimga yuklanadi va tayyor holatga keladi:

curl -fsSL https://raw.githubusercontent.com/0xSteph/pentest-ai-agents/main/install.sh | bashUshbu skript repository’ni klon qiladi, barcha agent fayllarni ~/.claude/agents/ papkasiga joylaydi va jarayonni toza yakunlaydi. Bundan tashqari, u idempotent hisoblanadi, ya’ni qayta ishga tushirilganda mavjud agentlarni xavfsiz yangilaydi. Qo‘shimcha parametrlar ham mavjud: --project orqali loyiha doirasida o‘rnatish, yoki --global --lite orqali kam resurs sarflaydigan rejimni yoqish mumkin.
Tizim ikki bosqichli ishlash modeliga ega bo‘lib, bu xavfsizlik va nazoratni ta’minlaydi. Birinchi bosqichda agentlar faqat maslahat beradi — foydalanuvchi tool natijalarini kiritadi va AI keyingi qadamlarni tavsiya qiladi. Ikkinchi bosqich esa ancha kuchli: agentlar buyruqlarni o‘zlari tuzadi va bajaradi, lekin har bir amal foydalanuvchi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu bosqichda Recon Advisor, Web Hunter, AD Attacker, Exploit Chainer kabi agentlar ishlaydi va ular real pentest jarayonini maksimal darajada avtomatlashtiradi. Har bir hujum harakati MITRE ATT&CK standartlariga mos ravishda belgilangan bo‘lib, unga mos himoya konteksti ham beriladi.
"Har bir exploit yoki harakat nafaqat hujum sifatida, balki himoya nuqtai nazaridan ham tahlil qilinadi."
Yana bir muhim imkoniyat — ichki SQLite bazasi orqali barcha topilmalar saqlanadi. Bu esa pentest jarayonlarini bir necha kun davomida uzluksiz olib borish imkonini beradi. Agentlar avtomatik tarzda topilgan zaifliklarni bazaga yozadi va keyinchalik ular asosida to‘liq professional hisobot shakllantiriladi. Report Generator agenti CVSS baholash, executive summary va tuzatish rejalari bilan to‘liq hujjat tayyorlaydi.
Bundan tashqari, tizim maxfiy muhitlar uchun ham moslashtirilgan. Uni Ollama yoki boshqa lokal AI modellar bilan ishlatish mumkin. Maxsus MCP server orqali esa 150 dan ortiq tool integratsiyasi, avtomatik exploit chaining va CI/CD pipeline qo‘llab-quvvatlanadi. Bu esa pentest jarayonini nafaqat qo‘lda, balki to‘liq avtomatlashtirilgan muhitda ham ishlatish imkonini beradi.
"pentest-ai-agents AI’ning kiberxavfsizlikdagi rolini keskin oshirib, kelajakda pentesterlar qanday ishlashini tubdan o‘zgartirishi mumkin."







