Internetda yana bir yirik kiberhujum aniqlandi — bu safar nishonda Next.js asosida ishlovchi web ilovalar.
Cisco Talos tadqiqotchilariga ko‘ra, UAT-10608 deb nomlangan hacker guruhi allaqachon 700 dan ortiq serverni komprometatsiya qilgan. Hujum esa juda xavfli zaiflik — React2Shell orqali amalga oshirilmoqda.
Bu zaiflik aslida CVE-2025-55182 sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, React Server Components’da mavjud. Eng xavfli tomoni shundaki:
👉 hujum uchun parol ham kerak emas
👉 foydalanuvchi hech narsa bosmaydi
👉 oddiygina maxsus request yetarli
Server noto‘g‘ri tekshiruv sabab hujumchining yashirin buyruqlarini o‘zi bajaradi.
Hackerlar bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanmoqda.
Ular avtomatlashtirilgan skanerlar orqali internetni tekshiradi va zaif Next.js serverlarni topadi. Topilishi bilan esa React2Shell exploit ishga tushadi.
Keyin esa…
Serverga zararli skript yuklanadi.
Bu skript oddiy malware emas. U deyarli “raqamli changyutgich” kabi ishlaydi.
U server ichida:
— fayllarni ko‘zdan kechiradi
— xotirani tekshiradi
— cloud sozlamalarni analiz qiladi
va eng qimmat ma’lumotlarni yig‘adi.

O‘g‘irlanayotgan ma’lumotlar esa juda jiddiy:
👉 database login va parollar
👉 private SSH kalitlar
👉 AWS cloud credential’lar
👉 Stripe payment key’lar
👉 GitHub access token’lar
Cisco Talos ma’lumotiga ko‘ra:
— 90% serverlarda database ma’lumotlari o‘g‘irlangan
— 80% holatda SSH kalitlar qo‘lga kiritilgan
Bu esa hujumchilar uchun tizim ichida erkin harakat qilish imkonini beradi.
"Barcha o‘g‘irlangan ma’lumotlar esa maxsus boshqaruv paneliga yuboriladi.
U “NEXUS Listener” deb nomlangan.
Faqat 24 soat ichida ushbu panelda 766 ta buzilgan server qayd etilgan.
Bu raqam hujum qanchalik tez va keng tarqalayotganini ko‘rsatadi."
Bu hujumning oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin.
Database qo‘lga tushsa — foydalanuvchi ma’lumotlari ochiladi.
SSH kalitlar o‘g‘irlangan bo‘lsa — butun infratuzilma xavf ostida.
Cloud credential’lar esa — to‘liq tizimni egallash imkonini beradi.
GitHub token’lar esa yanada xavfli:
👉 ular orqali rasmiy loyihalarga zararli kod qo‘shish mumkin
Mutaxassislar ogohlantirmoqda — agar siz Next.js ishlatayotgan bo‘lsangiz, kutib o‘tirmang.
Zudlik bilan:
— tizimni yangilang
— barcha parollarni almashtiring
— API va access tokenlarni yangilang
Shuningdek, serverlarda noma’lum jarayonlar ishlamayotganini tekshirish muhim.
Cloud metadata xizmatlariga kirishni cheklash ham tavsiya qilinmoqda.
Bu hodisa yana bir haqiqatni ko‘rsatdi:
Zamonaviy hujumlar endi faqat “hack qilish” emas, balki to‘liq avtomatlashtirilgan ma’lumot o‘g‘irlash operatsiyasiga aylangan
Va agar tizim o‘z vaqtida yangilanmasa — u avtomatik tarzda nishonga aylanadi.








