Dunyo bo‘ylab yangi yirik kiberhujum kampaniyasi fosh etildi. Tadqiqotchilar aniqlashicha, noma’lum threat actor Telegram botlar va avtomatlashtirilgan vositalar yordamida 900 dan ortiq kompaniyaga muvaffaqiyatli kirib borgan.
Ushbu operatsiya markazida “Bissa scanner” deb nomlangan kuchli skanerlash tizimi bo‘lgan. U internetga ochiq web ilovalarni avtomatik tekshirgan, zaif nuqtalarni topgan va olingan natijalarni darhol Telegram orqali hujumchiga yuborgan.
Hujum asosan Next.js tizimidagi jiddiy zaiflik — “CVE-2025-55182”, ya’ni “React2Shell” deb nomlangan vulnerability atrofida qurilgan. Ushbu zaiflik millionlab serverlarni xavf ostiga qo‘yib,
.envfayllar orqali API key, password va tokenlarni o‘g‘irlash imkonini bergan.
Tadqiqotchilar aniqlashicha, hujumchi tasodifiy emas, balki juda tizimli yondashuv bilan ishlagan. U qurbonlarni ularning qiymatiga qarab baholagan va moliyaviy sektor, kripto platformalar hamda retail kompaniyalarni asosiy nishonga olgan.
Tekshiruv davomida ochiq qolgan serverdan 13 000 dan ortiq fayl topilgan. Bu oddiy data dump emas, balki to‘liq tashkil etilgan kiberoperatsiya infratuzilmasi bo‘lgan. Unda exploit scriptlar, credential yig‘ish tizimi va avtomatik validatsiya modullari joylashgan.
Yana bir muhim jihat — hujumchi “Claude Code” va “OpenClaw” kabi AI yordamchi tizimlardan foydalangan. Bu esa operatsiyani yanada tez va samarali qilgan.
Eng xavfli qismi esa Telegram bot tizimi bo‘lgan. “@bissapwned_bot” nomli bot har bir muvaffaqiyatli exploit haqida darhol hujumchiga xabar yuborgan.
Xabarlar ichida quyidagi ma’lumotlar bo‘lgan:
- qurbon identifikatsiyasi
- cloud tizim holati
- ruxsat darajasi
- topilgan maxfiy ma’lumotlar
Hujumchi Telegram’dagi “@BonJoviGoesHard” username orqali aniqlangan. Har bir xabar unga real vaqt rejimida yuzlab buzilishlarni tezda tahlil qilish imkonini bergan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu kampaniya davomida AWS, Azure, Stripe, PayPal, OpenAI va Anthropic kabi platformalarga tegishli minglab kalitlar o‘g‘irlangan.
2026-yil aprel oyining o‘zida 65 000 dan ortiq arxiv fayllar cloud storage’ga yuklangan. Bu esa hujumning to‘liq avtomatlashtirilganini isbotlaydi.
Mutaxassislar fikricha, bu holat zamonaviy kiberhujumlar endi faqat manual emas, balki AI va real-time bot tizimlari bilan boshqarilayotganini ko‘rsatadi.








